09:03 / 11.10.2015
3952

Andorra terma jamoasi Yevropa chempionatlari saralash bosqichlarida 9 ta o‘yinda 4 ta to‘p kiritib, shaxsiy rekordini o‘rnatdi

Futbol bo‘yicha Andorra terma jamoasi Yevro-2016 saralash bosqichida o‘z maydonida Belgiya bilan uchrashuvda (1:4) Ildefons Lima Solaning goli evaziga Yevropa chempionatlari saralash bosqichlarida urgan to‘plari miqdori bo‘yicha shaxsiy rekordini o‘rnatdi. 

Joriy saralash bosqichida Andorra raqiblar darvozasiga 4 to‘p kiritdi va o‘z darvozasidan 34 ta to‘p o‘tkazib yubordi. 2000 yilgi Yevropa chempionati saralash bosqichida jamoa uchta to‘p kiritishga muvaffaq bo‘lgan edi.

Jamoa bu rekordini 13 oktabrda saralash bosqichining so‘nggi turida Uelsga qarshi uchrashuvda to‘p kiritib, yanada yaxshilab olishi mumkin.

Top