Toshkent shahrida noqonuniy valyuta savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.
Aytilishicha, fuqarolar Mahmud Xolto‘rayev va Azamat Yarashovlar Chilonzor tumanidagi 19-mavze hududida 9 ming dollarini 32 mln so‘mga sotayotganlarida Bosh prokuratura huzuridagi SVOJJDLQK departamentining shahar boshqarmasi xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.
Xolislar ishtirokida ularning yonidagi xorij valyutasi ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.