15:44 / 11.10.2015
5212

Eron mudofaa vaziri yangi raketaning sinovdan muvaffaqiyatli o‘tganini ma'lum qildi

Eron mudofaa vaziri Xusseyn Dehgan uzoq radiusda harakatlanuvchi yangi ballistik raketaning sinovdan muvaffaqiyatli o‘tganligini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda IRNA agentligi.
Uning so‘zlariga ko‘ra ushbu raketa eronlik mutaxassislar tomonidan loyihalashtirilgan va ishlangan.
“Emad raketasi Eron tarixida uzoq radiusda harakat qiluvchi va boshqariluvchi birinchi raketa hisoblanadi. Hozircha u birorta nishonni yakson qilganicha yo‘q”, — dedi vazir.
Dehgan yana shuni ma'lum qildiki, “raketa nishonni aniqlik bilan oladi va uni batamom yo‘q qiladi”.

Top