20:34 / 11.10.2015
3478

Merkel Germaniya qochqinlar tufayli soliqlarni ko‘tarmoqchi emasligini aytdi

Germaniya kansleri Angela Merkel qochqinlar bilan bog‘liq vaziyat tufayli mamlakatda soliqlar oshirilmasligini aytdi. Merkel bu haqda Bild nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Biz iqtisodiyotimiz ko‘p yillar davomida yaxshi boshqarilgani va bizda yaxshi joriy iqtisodiy vaziyat borligidan mamnun bo‘lishimiz kerak”, deb aytdi Merkel.

Merkel “Siz Germaniyada qochqinlar inqirozi tufayli soliqlar oshirilmasligiga va'da bera olasizmi?” deb undan so‘ralgan savolga “Ha, aniq ayta olaman” deb javob berdi.

Top