21:17 / 11.10.2015
7313

OAV: IShID jangarilari Iroq Qurolli kuchlari foydasiga josuslik qilgan o‘zining 60 nafar tarafdorini qatl etdi

IShID terrorchilik guruhi terrorchilari Iroqning shimoli va g‘arbida o‘zining 60 tarafdorini qatl etdi. Bu haqda Press-TV telekanali ma'lum qildi.

“Iroq xavfsizlik kuchlaridagi manba noma'lum bo‘lib qolish sharti bilan, “DAISh”ning (IShIDning arabcha nomi) 50 nafar terrorchisi Iroq poytaxtidan shimoli-g‘arbiy tomonga 180 km uzoqlikdagi Xon-al-Bog‘dodiy shaharchasi g‘arbida o‘zining birodarlari tomonidan qatl etilganini ma'lum qildi. Ular josuslikda va Iroq xavfsizlik xizmatlari xodimlariga maxfiy ma'lumotni berishda ayblandilar”, deb xabar bermoqda telekanal.

“Kecha Bog‘doddan shimoliy tomonda 280 km uzoqlikda joylashgan Xavija shahrida go‘yoki Iroq hukumat Qurolli kuchlari bilan hamkorlik qilgan va ularga IShID rahbarlari joylashgan o‘rinni ma'lum qilgan 10 nafar terrorchi omma oldida qatl etildi”, deb qo‘shimcha qilmoqda telekanal.

“Ekstremistlar butun Anbar viloyatidagi poztsiyalari kuchli o‘qqa tutilishi oqibatida sarosima va dahshatga tushganlar”, deb ma'lum qilmoqda Press-TV.

Top