19:47 / 11.10.2015
4287

Pskentda noqonuniy moyjuvozlar faoliyati to‘xtatildi

Toshkent viloyatining Pskent tumanida istiqomat qiluvchi Yo‘ldosh Abdiyev o‘z dala hovlisida chigitdan yog‘ chiqaruvchi uskuna o‘rnatib, mahsulotni norasmiy ravishda pullab kelayotgani aniqlandi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.

Aytilishicha, uning uyida o‘tkazilgan tekshiruv chog‘ida 9.5 ming kg chigit, 300 kg paxta yog‘i, 390 kg yarim tayyor mahsulot, 1.15 ming kg kunjara, 100 va 200 l hajmdagi bochkalar va 4 l li plastik idishlar topildi.

Noqonuniy sex faoliyatiga chek qo‘yildi.

Top