23:39 / 11.10.2015
13213

Putin: AQSh razvedkasi dunyoda eng yaxshilardan biri, biroq u ham hamma narsani bilavermaydi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh razvedkasi dunyoda eng yaxshilardan biri ekanligini, biroq u ham hamma narsani bilavermasligini aytdi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

“Keling AQSh razvedkasi tomon tosh otmaylik. U dunyodagi eng kuchli razvedkalardan biri, biroq u ham hamma narsani bilavermaydi”, deb aytdi Putin “Rossiya 1” telekanali efirida boshlovchi Vladimir Solovevning Suriyada Rossiya raketalari uchirilgandan keyin AQSh razvedkasi ishlashdan to‘xtagani haqidagi gaplariga javoban.

Putin Rossiya Suriyada IShIDga qarshi yuqori aniqlikdagi qurol-aslaha, xususan qanotli raketalar qo‘llaganini ta'kidlab o‘tdi.

“Bu raketalar yaqindagina, 2012 yildan qurollanishga olingan. Ularning uchish uzoqligi 1,5 ming km ni tashkil qiladi, ular yuqori texnologik, yuqori aniqlikdagi zamonaviy qurol-aslaha. Biz Rossiya armiyasini nafaqat bunday raketalar, balki eng yangi avloddagi yer usti, aviatsiya texnikasi bilan qayta qurollantirishni rejalashtirmoqdamiz. Bular murakkab majmualardir va amaliyotning ko‘rsatishicha, juda ham samaralidir”, deb aytdi Putin.

Top