21:12 / 11.10.2015
7216

Putin AQSh Rossiyaga IShID haqidagi ma'lumotlarni taqdim qilishdan bosh tortayotgani sabablarini tushuna olmayotganini aytdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQShning Rossiyaga IShID haqida ma'lumotlarni taqdim qilishdan bosh tortayotgani sabablarini tushuna olmayotganini aytdi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

Bu haqda Putin “Voskresnyy vecher s Vladimirom Solovevym” teledasturi efirida ta'kidlab o‘tdi.

“Bizga nishonlarni bering dedik. Ular rad javobini berishdi. Biz bunday sharoitda ishlay olmaymiz”, deb ta'kidlamoqda Putin.

Putin AQShning rad javobini berishi sabablarini tushunmayotganini aytib o‘tdi. “Agar ular haqiqatda yaxshiroq bilsalar va terrorchilik bilan kurashishni istasalar nega bunday qilayotganlari tushunarsiz. Afsuski, hozircha biz hamkorlikdagi ishning bunday darajasiga yetmadik”, deb ta'kidlab o‘tdi Putin.

Top