19:39 / 11.10.2015
6580

Putin: Rossiya Pentagonga Suriya bo‘yicha taklif jo‘natdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Rossiya 1” telekanalida bergan intervyusida Moskva amerikalik harbiylarga Suriyada terrorchilikka qarshi kurash bo‘yicha o‘z takliflarini jo‘natganini aytdi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi ma'lum qilmoqda.

“Bizning mutaxassislar AQShdan so‘rov va iltimoslar oldilar va ushbu birgalikdagi ishda o‘z qarashlarini ifodalab, uni Pentagonga yubordilar”, deb aytdi Putin.

Shuningdek, Putin Rossiyaning tashqi siyosatini tinchlikparvar ruxda ekanligini ta'kidlab o‘tdi.

“Rossiyaning tashqi siyosati – hech qanday bo‘rttirishlarsiz tinchlikparvardir. Agar dunyoning siyosiy xaritasiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, Rossiya o‘zidan nimani namoyon qilishini ko‘rish qiyin bo‘lmaydi va bizga begona hududlar ham, begona tabiiy boyliklar ham kerak emasligi oydin bo‘ladi – bizda hamma narsa yetarli, biz o‘zimizga to‘q davlatmiz, bizda kimdir bilan jang qilish yoki ixtilofga borishga hojat yo‘q”, deb qayd qilib o‘tdi Putin.

”Bizda yangidan imperiya, sovet ittifoqini barpo qilish niyatimiz yo‘q, biroq biz o‘z mustaqilligimizni himoya qilishimiz lozim va biz buni qilib kelganmiz va kelgusida ham qilamiz”, deb qo‘shimcha qilib o‘tdi Putin.

Top