19:11 / 11.10.2015
5929

«Toshissiqquvvati»ga bir boqimandani deb butun uyni issiq suvisiz qoldirmaslik majburiyati yuklatildi

O‘zbekiston Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan bir nechta iste'molchi to‘lovni amalga oshirmagani sababli butun uyda issiq suvning o‘chirilishi daliliga binoan «Toshissiqquvvati» ishlab chiqarish birlashmasiga ogohlantirish xati yuborildi.

Bu haqda qo‘mitaning reklama faoliyati va iste'molchilar huquqini himoya qilish boshqarmasi boshlig‘i Dilshod Azimov ma'lum qilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, qo‘mita xodimlari toshkentlik fuqaro B.ning puli to‘lanmagani uchun butun uyda issiq suvning o‘chirilgani to‘g‘risidagi murojaatini ko‘rib chiqdi.

“Undagi masalalar «Toshissiqquvvati» xodimlari bilan birgalikda o‘rganib chiqildi. Yakunda xizmat ko‘rsatayotgan muassasa turar-joy binosida qarzdorlik sababli issiq suv o‘chirib qo‘yilgani aniqlandi, ayni paytda, shikoyatchining o‘zi barcha to‘lovlarni amalga oshirgan. Shikoyat qiluvchining xonadonida issiq suv ta'minoti tiklandi. Raqobat qo‘mitasi «Toshissiqquvvati» ishlab chiqarish birlashmasiga debitor qarzlari bo‘lmagan abonentlarni issiq suv ta'minotidan uzib qo‘yish huquqiga ega emasligi to‘g‘risida ogohlantirish xati yuborildi. Shuningdek, «Toshissiqquvvati» ishlab chiqarish birlashmasi bir nechta iste'molchi to‘lovni amalga oshirmagani sababli butun uyda issiq suvning o‘chirilmasligi to‘g‘risida ogohlantirish xatini qabul qilib oldi”, - deya qayd etdi Azimov.

Top