09:36 / 11.10.2015
4037

Xitoyda josuslik qilishda gumon qilingan yaponiyaliklar soni 4 nafarga yetdi

2015 yil iyun oyida Shanxay shahrida yaponiyalik ayol qo‘lga olingani endigina oshkor bo‘lganidan so‘ng Xitoyda josuslikda ayblanib hibsda saqlanayotgan Yaponiya fuqarolari soni to‘rt nafarga yetdi, deya xabar berdi Kiodo agentligi.
Yapon hukumatidagi axborot manbasi so‘zlariga asoslangan agentlikning ma'lum qilishicha, yozda qo‘lga olingan ayolning yoshi 50da bo‘lib, Tokioning Sindzyuku tumanidagi maktablarning birida yapon tilidan dars bergan. U so‘nggi vaqtlardan tez-tez Xitoyga safar qilgan.
Avvalroq esa Xitoyda yana uch kishi ma'lumotlarni noqonuniy yig‘ish bilan shug‘ullanganlikda ayblanib qo‘lga olingani oshkor bo‘lgan edi. Yapon OAV ma'lumotlariga ko‘ra, may oyida Chjetszyan provinsiyasidagi harbiy obekt yaqinida hibsga olingan erkak kishi hamon Xitoy maxsus xizmatlari tomonidan ushlab turilibdi. Shuningdek, yana ikki yapon fuqarosi Xitoy-Shimoliy Koreya chegarasida xuddi shu ayb bilan qo‘lga olingan edi.
Biroq Xitoy hukumati faqat ikki yaponning hibsda saqlanayotganini ma'lum qildi. Yaponiya Tashqi ishlar vazirligi esa qo‘lga olinganlar to‘g‘risida ma'lumotlar to‘plashni boshladi. 

Top