18:01 / 12.10.2015
7313

2015 yilgi Nobel mukofotining barcha sovrindorlari aytildi

Bugun, 12 oktabr kuni Iqtisodiyot yo‘nalishida anglo-amerikalik iqtisodchi Engus Diton Nobel mukofotiga sazovor deb topildi va shu bilan an'anaviy “Nobel haftaligi” yakunlandi.

Ushbu davr mobaynida jamoatchilik e'tiboriga Nobel mukofotiga barcha rasmiy yo‘nalishlar bo‘yicha sazovor bo‘lgan shaxslarning nomlari havola etildi.

Tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti

Dastlab, 5 oktabr kunida Tibbiyot yo‘nalishida g‘oliblar taqdirlandi. 2015 yilning tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti parazit qurtlar chaqiradigan infeksiyalarga qarshi tura oladigan preparat yarata olgan tadqiqotchilar Uilyam Kempbell va Satoshi Omura, shuningdek, bezgakka qarshi iloj topgan Yuy Tuga berildi.

Fizika bo‘yicha Nobel mukofoti

6 oktabr kuni esa Fizika bo‘yicha 2015 yilgi Nobel mukofoti sovrindorlari sifatida neytrino ostsillyatsiyasini ochgan Takaaki Kajita va Artur MakDonald nomlari ma'lum qilindi.

Ximiya bo‘yicha Nobel mukofoti

7 oktabr kuni Ximiya bo‘yicha Nobel mukofoti DNK reparatsiyasi bo‘yicha izlanishlar qilgan olimlarga berildi. Bular shvetsiyalik Tomas Lindal, amerikalik Pol Modrich va turkiyalik Aziz Sankar bo‘lishdi.

Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti

8 oktabr kuni 2015 yil uchun adabiyot yo‘nalishida Nobel mukofoti taniqli belarus yozuvchisi Svetlana Aleksiyevichga taqdim etildi.

Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti

9 oktabr kuni 2015 yilgi Tinchlik uchun Nobel mukofotini Tunis milliy dialogining vakillari bo‘lmish “to‘rtlik” olgandi.

Top