20:21 / 12.10.2015
3416

Arturo Vidalning otasi 1,5 yil muddatga qamalishi mumkin

"Bavariya" jamoasining chililik yarim himoyachisi Arturo Vidalning otasi Erasmo Vidal San Xoakin (Chili) shahrida hibsda bo‘lib turibdi.

Bild nashri ma'lumotiga ko‘ra, noqonuniy qurol saqlagani uchun qo‘lga olingan Erasmoni 18 oy muddatga qamashlari mumkin.

Qayd etilishicha, futbolchining otasini JCh-2018 uchun saralash o‘yinlari boshlanishi arafasida qo‘lga olishgan.

Chili terma jamoasi saralashning ilk o‘yinida, 8 oktabr kuni Santyagoda Braziliya terma jamoasini 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Bu o‘yinda Vidal ishtirok etgan.

Top