12:18 / 12.10.2015
3114

«Barselona» Obameyangni qo‘lga kiritmoqchi

Germaniyaning «Borussiya D» klubi hujumchisi Per-Emerik Obameyang Kataloniyaning «Barselona» jamoasi qiziqishlari doirasiga tushdi. Bu haqda El Mundo Deportivo nashri xabar tarqatdi.

Manbaning yozishicha, kataloniyaliklapr murabbiylari shtabini Gabon terma jamoasi hujumchisini yuqori samaradorligi o‘ziga jalb qilmoqda.

«Barselona» Obameyangni jamoaning asosiy hujumchilari Lionel Messi, Neymar va Luis Suaresga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.

Ma'lumot uchun Obameyangning «Borussiya» bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilgacha davom etadi.

Gabonlik futbolchi Germaniya chempionatining joriy mavsumida 8 uchrashuvda maydonga chiqib 10 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol qilishga va bitta golli uzatmani amalga oshirishga ulgurgan.

Top