15:00 / 12.10.2015
14593

Bloomberg: Turkiya Rossiya gazidan faqat gapda voz kechishi mumkin

Turkiya Rossiya gazini import qilishdan og‘zaki tarzdagina voz kechishi mumkin, amalda esa Rossiya yetkazayotgan hajmdagi gazni boshqa biror davlatdan ololmaydi, deb hisoblaydi Bloomberg agentligi.

Uning ekspertlari Turkiyadagi energetik vaziyatni tahlildan o‘tkazdi.
Energoresurslar xarajatining 75 foizini Turkiya eksport hisobidan qoplaydi, Rossiyaga yetkazmalarning 20 foizi to‘g‘ri keladi. Rossiyadan gaz yetkazib berish esa ushbu sohadagi 57 foiz ulushni qamrab oladi.

O‘z vaqtida prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an Turkiya Rossiya gazidan voz kechishi mumkinligini aytgan edi. Ammo bu amalga oshishi qiyin masala, negaki gaz yetkazib berish bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turuvchi Eron ham Bashar Asad rejimini qo‘llab-quvvatlaydi.
Turkiya gaz importining 20 foizi Eronga, 10 foizi Ozarbayjonga, 8 foizi Jazoirga to‘g‘ri keladi.

Top