16:48 / 12.10.2015
5910

Boks bo‘yicha jahon chempionati «Sport» telekanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etiladi

Qatar poytaxti Doha shahrida davom etayotgan Boks bo‘yicha jahon chempionati bugungi yarim final uchrashuvlari «Sport» telekanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etiladi.

Boks bo‘yicha bugungi uchrashuvlar Toshkent vaqti bilan 21:00da boshlanishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, bugun O‘zbekiston terma jamoasining uch nafar bokschisi – Elnur Abduraimov, Elshod Rasulov va Bahodir Jalolov final yo‘llanmasi uchun jangga chiqishadi. Shundan ikki vazn toifasida (Rasulov, Jalolov) olimpiada yo‘llanmasi uchun ham kurash boradi.

Kecha bo‘lib o‘tgan yarim final janglarida avval xabar berib o‘tganimizdek, uch nafar o‘zbekistonlik bokschilar – Murodjon Ahmadaliyev, Fazliddin G‘oibnazarov va Bektemir Meliko‘ziyevlar final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishgandi.

Top