23:34 / 12.10.2015
6276

Boks bo‘yicha JCh: Bahodir Jalolov yarim finalda yutqazdi

Qatar poytaxti Doha shahrida boks bo‘yicha jahon chempionatining bugun o‘tkazilgan yarim final bahslarida ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasining uchinchi vakili ham mag‘lubiyatga uchradi.

+91 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan 21 yoshli Bahodir Jalolov qozog‘istonlik 26 yoshli Ivan Dichkoga qarshi ringga ko‘tarildi va 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Qayd etish kerakki, Jalolovning raqibi tajribali bokschi hisoblanib, u 2014 yilgi Osiyo o‘yinlari chempioni va London Olimpiadasi bronza medali sohibi hisoblanadi.

Jalolov Osiyo chempionatining chorak final bahsida ham shu bokschiga imkoniyatni boy berib qo‘ygan edi

Shu tariqa, Bahodir Jalolov JChning bronza medaliga ega bo‘ldi. Endi u olimpiada yo‘llanmasi uchun yana bir jang o‘tkazadi.

Top