21:08 / 12.10.2015
9589

Buyuk Britaniya: Bizning Harbiy-havo kuchlarimizda Rossiya samolyotlarini urib tushira oladigan raketalar yo‘q

Buyuk Britaniya Qirollik harbiy-havo kuchlari samolyotlari Iroqda Rossiya samolyotlarini nazariy jihatdan urib tushirishga imkon beradigan “havo-havo” toifasidagi raketalar bilan jihozlanmagan, deyilmoqda Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi bayonotida.

Avvalroq Daily Star nashri nomi aytilmagan harbiy manbalarga iqtibos keltirgan holda britaniyalik harbiy uchuvchilarga ularning hayotiga xavf solingan holatlarda Iroq havo hududida Rossiya samolyotlariga zarba berishga ruxsat berilganini ma'lum qilgandi.

Rossiyaning Buyuk Britaniya elchixonasi Qirollik Tashqi ishlar va Mudofaa vazirliklaridan ushbu holat bo‘yicha tushuntirish berishni so‘ragan. Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi ham, Mudofaa vazirligi ham bu ma'lumot haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini aytib, uni rad etgan.

“Kiprda joylashgan Qirollik harbiy-havo kuchlarining Tornado samolyotlari faqat Iroq hududida aviazarbalarni amalga oshiradi, biroq ular razvedka ma'lumotlarini yig‘ish maqsadida Suriyada ham uchishi mumkin. Istalgan vaziyatda, Iroqqa ketayotganda yoki Iroqdan kelayotganda bu samolyotlar Rossiya harbiy samolyotlari yaqinida paydo bo‘lishi mumkin. Biroq Mudofaa vazirligi samolyotlar to‘qnashuvlar vaziyatiga “havo-havo” toifasidagi raketalar bilan qurollanayotgani haqidagi farazlarni rad etdi”, deyilmoqda nashrdagi maqolada.

Top