16:57 / 12.10.2015
4162

Iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofotini amerikalik Engus Diton oldi

2015 yilgi Nobel mukofotini iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha anglo-amerikalik iqtisodchi Engus Diton qo‘lga kiritdi. Bu haqda Shvetsiya Qirollik Fanlar Akademiyasi ma'lum qildi.

Aytilishicha, Diton “iste'mol, kambag‘allik va farovonlik tahlili” uchun oliy mukofotga loyiq ko‘rilgan.

O‘tgan yili iqtisodiyot yo‘nalishida g‘olib deb fransiyalik iqtisodchi Jan Tirol “bozor hokimiyati va boshqaruvi tahlili” uchun topilgan edi.

Top