07:18 / 12.10.2015
12436

Iroqda havo zarbalari tufayli IShID yetakchisi jarohatlangani ma'lum qilindi

IShID jangarilari rahbari Abu Bakr al-Bag‘dodiy Iroq harbiy havo kuchlari samolyotlari tomonidan yo‘llangan aviazarbalar natijasida og‘ir tan jarohatlari olgan. Bu haqda o‘z manbasiga asoslangan holda IRNA xabar bergan.

Manbaning ma'lum qilishicha, oxirgi hujumlar natijasida tashkilotning 3 nafar amaldori, al-Bag‘dodiyning o‘rinbosarlari ash-Shishaniy, as-Suriy va Abu Said al-Karbuliy halok bo‘lgan.

Bundan tashqari bir qancha jangarilar yo‘q qilingan.

Biroz oldinroq, Iroq samolyotlari Anbar viloyatida havo zarbalari amalga oshirgani xabar qilingandi.

Top