21:23 / 12.10.2015
11923

KUN.UZ dayjesti: 12 oktabr, O‘zbekiston xabarlari

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga yurtimizga oid bo‘lgan, 12 oktabr kuni ro‘y bergan eng asosiy yangiliklarni takroran havola etamiz.

Islom Karimov Anqaradagi terakt munosabati bilan hamdardlik bildirdi>>

2015 yilning 12 oktabr kuni Turkiya Respublikasining Toshkent shahridagi elchixonasida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi nomidan Hamdardlik kitobiga qayd kiritildi.

Qirg‘iziston O‘zbekiston bilan chegarada yangi sanitar nazorat punktini ochadi>>

O‘zbek-qirg‘iz chegarasida yangi “Qora-suu” sanitar nazorat punkti ochiladi. Bu haqda Kirtag Qirg‘iziston Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari Valeriy Dil ma'lumotiga asoslanib xabar qildi.

O‘zbekistonlik fuqaro nomiga xorijdan 27 dona diniy mazmundagi kitoblardan iborat pochta jo‘natmasi yuborilganligi aniqlandi>>

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi xodimlari turli xil diniy mazmundagi materiallarning noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yishdi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasining axborot xizmati ma'lum qilgan.

IIV Qorovul qo‘shinlari shtabida o‘zgarishlar sodir bo‘ldi>>

IIV Qorovul qo‘shinlari shtabida o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Bu haqda “Postda” gazetasi xabar bermoqda.

«Rossiya 1» telekanalida tez orada O‘zbekiston haqidagi ko‘p qismli serial efirga uzatiladi>>

Rossiyaning «Rossiya 1» federal telekanali orqali tez orada O‘zbekiston haqida hikoya qiluvchi 25 qismdan iborat «Sharq afsonalari» seriali efirga uzatiladi. Bu haqda film rejissyorlaridan biri Rustam Sa'dullayev Sputnik nashriga bergan intervyusi chog‘ida ma'lum qilgan.

2016 yilda O‘zbekistonning 18 oliygohida attestatsiyadan o‘tkaziladi>>

Davlat test markazi 2015-2016 yillarda attestatsiyadan o‘tkaziladigan oliy o‘quv yurtlari ro‘yxatini e'lon qildi.

O‘zbekistonda tadbirkorlik uchun yer maydonlari endi tanlov asosida taqdim etiladi>>

Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 7 oktabrdagi qaroriga binoan, 2016 yil 1 yanvardan aholi punktlarida jismoniy va yuridik shaxslarga doimiy foydalanish maqsadida tadbirkorlik faoliyatini olib borish uchun 1 gektargacha bo‘lgan yer uchastkalari faqatgina tanlov asosida taqdim etiladi.

O‘zbekistonda 2016 yil 1 yanvardan boshlab korxonalarning elektr va gaz tarmoqlariga ulanishi osonlashtiriladi>>

O‘zbekistonda 2016 yil 1 yanvardan boshlab korxonalarning elektr va gaz tarmoqlariga ulanishi osonlashtiriladi. Bu haqda «Ekonomicheskoye obozreniye» jurnali xabar tarqatmoqda.

O‘zbekistonda 2015 yilda 18 mln tonna meva-sabzavot yetishtiriladi>>

O‘zbekiston 2015 yilda 18 mln tonna meva va sabzavot mahsulotlari, jumladan, sabzavotlar (umumiy miqdorning 53 foizi), mevalar (15 foiz), kartoshka (14 foiz), poliz mahsulotlari (10 foiz) va uzum (8 foiz) yetishtirishni rejalashtirmoqda.

O‘zbekistonda davlat xizmatchilari uchun ochiq tanlovlar joriy qilinadi>>

O‘zbekistonda davlat boshqaruvi va hokimiyati organlariga ishchilarni qabul qilish tartibining qonuniy bazasini yanada takomillashtirish borasidagi bir qancha takliflar o‘rganib chiqilmoqda. Bu haqda mahalliy matbuotda xabar qilindi.

Deputat: Dabdabali to‘ylar diniy me'yorlarda ko‘zda tutilmagan>>

O‘zbekistonda dabdabali to‘ylar va oilaviy tadbirlarni qisqartirish kampaniyasi davom etmoqda. Bu safar “Milliy tiklanish” partiyasi Samarqand viloyati kengashi deputati Mohira O‘tayeva bu boradagi fikrlarini aytib chiqdi.


Top