22:05 / 12.10.2015
11446

KUN.UZ dayjesti: 12 oktabrda ro‘y bergan eng qiziqarli xabarlar

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 12 oktabr kuni ro‘y bergan eng qiziqarli voqealar haqidagi xabarlarni takroran havola etamiz.

Hyundai Motor 2016 yilda o‘zining ilk elektromobilini taqdim etadi>>

Janubiy Koreyaning Hyundai Motor Co. avtomobil ishlab chiqaruvchisi 2016 yilda o‘zining birinchi elektromobil modelini ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Ryonhap agentligi tadbirkorlar doirasidagi axborot manbasiga asoslanib xabar qildi.

Barak Obama eng yaxshi raqs tushadigan prezident deb tan olindi>>

AQShning The Washington Post nashri o‘zining raqqoslik qobiliyatlarini ko‘rsatishdan uyalmaydigan davlat rahbarlari reytingini tuzib chiqdi. Unga ko‘ra Barak Obama eng yaxshi raqs tushadigan prezident deb tan olindi.

Samarqandda elektr quvvati yo‘qligida yo‘l nazoratini amalga oshirishi usuli topildi>>

Samarqandda elektr quvvati yo‘qligida yo‘l nazoratini amalga oshirishi usuli topildi. Buning uchun svetoforlar ostiga benzinli generator o‘rnatilmoqda.

Jahon chempionatidagi eng g‘aroyib soqol va mo‘ylablar>>

Avstriyaning Leogang shaharchasida Soqol va mo‘ylablar bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. Bu yerda dunyodagi eng g‘aroyib, hayratlanarli soqol va mo‘ylablarni ko‘rish mumkin edi. Dunyoning 20ta davlatidan 300 nafardan ziyod soqoldor va mo‘ylabdor erkaklar Leogangga tashrif buyurishdi. 

Toshkentda yomg‘irli kunlarda haydovchilar «Novza» metro bekati yaqinida shag‘alga botib qolishdi>>

"Toshkent shahridagi Muqimiy ko‘chasining «Agrobank» bosh ofisi va «Novza» metro bekati oralig‘ida yo‘l ostidan o‘tgan issiqlik tarmoqlarini ta'mirlash ishlari besabr haydovchilar uchun haqiqiy sinovga aylandi", deb yozadi "Daryo.uz" nashri.

Aktyor Akbarxo‘ja Rasulovning to‘yida Alisher Uzoqovni ko‘rishdi>>

Kun.uz manbasi o‘zbekistonlik taniqli yosh aktyor Akbarxo‘ja Rasulovning uylanayotgani haqida xabar qildi.

Iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofotini amerikalik Engus Diton oldi>>

2015 yilgi Nobel mukofotini iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha anglo-amerikalik iqtisodchi Engus Diton qo‘lga kiritdi. Bu haqda Shvetsiya Qirollik Fanlar Akademiyasi ma'lum qildi.

Dunyodagi eng keksa ot vafot etdi>>

Dunyodagi eng keksa Orxideya laqabli ot 50 yoshida vafot etdi. The Mirror nashrining xabar berishicha, u Buyuk Britaniyaning Esseks shahridagi Remus Horse qo‘riqxonasida istiqomat qilib kelgan.

Xitoylik ayol rekord uchun sochlarini 2,5 metr o‘stirdi>>

Xitoylik Gi Meng Ginnesning rekordlar kitobiga kirish uchun 35 yil davomida sochlarini 2,52 metrgacha o‘stirdi, deya xabar bermoqda China Daily nashri.

2015 yilgi Nobel mukofotining barcha sovrindorlari aytildi>>

Bugun, 12 oktabr kuni Iqtisodiyot yo‘nalishida anglo-amerikalik iqtisodchi Engus Diton Nobel mukofotiga sazovor deb topildi va shu bilan an'anaviy “Nobel haftaligi” yakunlandi.

Renault “Moskvich” brendiga qiziqib qoldi>>

Fransiyaning Renault avtokonserni “Moskvich” brendi ostida mashinalar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi mumkin. Bu haqda “Izvestiya” nashri xabar bermoqda.

Shaolin rohibi 10 soniya davomida bir barmog‘iga tayanib turdi>>

Xitoy shimolida shaolin rohibi Shi Liliang yana bir marta inson tanasi qudratini namoyish etdi. U odam bolasi bitta barmog‘iga tayangan holda 10 soniya tura olishini ko‘rsatib bergan.

Ommaviy tarzda bo‘ri kabi uvillash bo‘yicha rekord o‘rnatildi>>

Buyuk Britaniyaning Leyton-Bazzard shahrida ommaviy tarzda bo‘ri kabi uvillash bo‘yicha rekord o‘rnatildi, deb xabar bermoqda Metro nashri.

Top