15:29 / 12.10.2015
3160

Menni Pakyao: Floyd Meyuezer bilan revansh o‘tkazish bo‘yicha muzokara olib bormadim

Filippinlik bokschi Menni Pakyao amerikalik Floyd Meyuezer bilan revansh jang o‘tkazish bo‘yicha muzokaralar olib borilgani haqidagi xabarlarni inkor qildi. Bu haqda sportchining o‘zi Manilada tashkil etilgan matbuot anjumanida ta'kidlab o‘tdi, deb yozadi «Ring TV» internet-nashri.

«Yo‘q, u (Meyuezer) bilan bu borada gaplashganim yo‘q. Ammo promouter Bob Arum bilan gaplashganman», deya ta'kidlagan Pakyao.

O‘z navbatida Bob Arum Yahoo!Sports nashriga bergan intervyusida Meyuezer bilan muzokaralar olib borilmaganini ta'kidlab o‘tgan: «Men Pakyao nima demoqchi bo‘lganini tushunmadim. Meyuezer boksdan ketdi va men uning bu qarori yakuniy ekaniga ishonaman», - deydi u.

Promouterning so‘zlariga, u mazkur haftada Pakyao va meksikalik Xuan Manuel Markes o‘rtasidagi jangni tashkil qilish bo‘yicha muzokaralar olib boradi. Shuningdek filippinlik boksning 63,5 kg.gacha vazn toifasi WBO kamari sohibi amerikalik Terens Krouford bilan jang o‘tkazishi masalasi ham ko‘rib chiqilishi mumkin.

Pakyao aprel yoki may oylarida bo‘lib o‘tishi kutilayotgan jangdan keyin faoliyatini yakunlab, mamlakat senati uchun saylovlarda nomzod sifatida ishtirok etishini ma'lum qilgan. Senatga saylov Fillipinda 2016 yilning may oyida bo‘lib o‘tadi.

Top