14:42 / 12.10.2015
6317

Moskva birjalarida dollar va yevroning kursi rublga nisbatan pasaydi

Dushanba kungi Moskva birja savdolari paytida dollar va yevroning kursi rublga nisbatan pasaydi. Bu dunyo bozorida neft narxining o‘sishi natijasida sodir bo‘lmoqda.

Bozorda dollarning kursi 61-61,47 rubl diapazonida aylanmoqda. O‘rtacha kurs miqdori 61,39 rublni tashkil qilmoqda. Bu avvalgi ko‘rsatkichdan 48,5 kopeykaga kamroq degani.

Yevro kursi esa avvalgi kursga nisbatan 45 kopeykaga kamayib, 69,85 rublni tashkil qilmoqda. Bivalyuta kursi 47 kopeykaga kamayib 65,2 rublni miqdorini ko‘rsatmoqda.

Tahlilchilarning xulosasiga ko‘ra, Rublning kursi neftning narxi ortidan oshmoqda. Londonning ICE Futures birjasida noyabr oyiga yetkazib beriladigan Brent navidagi neft narxi 1 foizgacha oshib, bir barrel narxi 53 dollarga yetgan.

Top