21:43 / 12.10.2015
5228

Ommaviy tarzda bo‘ri kabi uvillash bo‘yicha rekord o‘rnatildi

Buyuk Britaniyaning Leyton-Bazzard shahrida ommaviy tarzda bo‘ri kabi uvillash bo‘yicha rekord o‘rnatildi, deb xabar bermoqda Metro nashri.

Ommaviy tarzda uvillashda 464 nafar odam ishtirok etib, u Howl ko‘ngilochar majmuasida bu majmuaning Xellouin bayrami arafasida ochilishi munosabati bilan o‘tkazildi.

Ishtirokchilar talab qilingan bir daqiqa davomida bo‘ri kabi uvillashdi.

Bundan avvalgi rekord AQShda 2013 yilda o‘rnatilgan edi va unda Sent-Klaud universitetining 296 nafar talabasi ishtirok etgan edi.

Top