09:09 / 12.10.2015
2956

O‘rtoqlik uchrashuvlari: Fransiya Daniyani, Nigeriya Kamerunni mag‘lub etdi

11 oktabr oqshomida FIFA kunlaridan unumli foydalangan holda Fransiya terma jamoasi ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi.

Dide Desham shogirdlari Yevro-2016 saralashida so‘nggi tur uchrashuvida "bo‘sh qolgan" Daniya terma jamoasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Kopengagendagi "Parken" o‘yingohida o‘tkazilgan bu o‘yinda "uchranglilar" safida "Arsenal" hujumchisi Olive Jiru 2 marta gol urib, terma jamoa g‘alabasini ta'minladi.

Mezbonlar vakili Svyatchenko javob goliga mualliflik qildi.

Daniya – Fransiya 1:2 (0:2, 1:0)
Gollar: 0:1 – 4 Jiru, 0:2 – 6 Jiru, 1:2 – 90 Svyatchenko.
Daniya – Shmeyxel, Durmishi, Yakobsen, Agger (Vestergor, 85), Ker (Svyatchenko, 74), Poulsen (Xeyberg, 46), Eriksen (Poulsen, 61), Kron-Deli (Yorgensen, 56), Kvist, Bendtner, Breytueyt (Sisto, 69).
Fransiya – Mandanda, Varan (Zuma, 46), Din, Jayye, Mangalya, Shnayderlin, Matyuidi, Sissoko, Grizmann (Valbuena, 78), Jiru (Lakasett, 73), Marsyal (Kabay, 88).

Yana bir o‘rtoqlik uchrashuvi Nigeriya va Kamerun o‘rtasida o‘tkazilib, unda mezbonlar yirik 3:0 hisobida g‘alaba qildi.

Nigeriya – Kamerun 3:0 (1:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 39 Embrouz, 2:0 – 61 Saymon, 3:0 – 88 Igalo.
Nigeriya – Ikeme, Elderson, Balogun (Oboroakpo, 90), Embrouz, Shexu, Onazi, Obi Mikel (Ndidi, 63), Saymon, Igboun (Rabiu, 72), Emenike (Igalo, 73), Musa (Ivobi, 79).
Kamerun – Ondoa (Ndi Assembe, 71), Bassong (Fe, 68), Nkulu, Shedju, N'Dji, Mukandjo, Mbia, Mandjang, Abubakar, Kvek, Siani.
Ogohlantirish: Musa (21).
Chetlatish: Siani (47).

Top