11:54 / 12.10.2015
3067

Singapurdagi zavodda ro‘y bergan portlashdan biri kishi qurbon bo‘ldi

12 oktabr kuni Singapurdagi zavodlardan birining hududida portlash sodir bo‘ldi, natijada bir kishi hayotdan ko‘z yumdi, yetti kishi jarohat oldi, deya xabar qildi Channel NewsAsia telekanali.

Portlash natijasida kuchli yong‘in yuzaga keldi. Uni o‘chirish ishlariga to‘rtta o‘t o‘chirish jamoasi yo‘naltirilgan. Hodisa joyida qutqaruvchilar va tibbiyot xodimlari ish olib bormoqda. Portlash sabablari to‘g‘risida hozircha axborot kelib tushmadi.

Jarohat olganlarning barchasida kuyish qayd etilgan, shuningdek, is gazidan zaharlanish alomatlari ham kuzatilgan. Ular mahalliy shifoxonaga yetkazilib, zarur tibbiy yordam olishdi.

Top