16:55 / 12.10.2015
2903

Telegraph: Xitoylik o‘qituvchidan 200 kg kimyoviy moddalar olib qo‘yildi

Xitoylik o‘qituvchi politsiya uning uyidan 31,5 kg miqdoridagi giyohvand moddalar topganidan so‘ng metamfetamin tayyorlagani uchun hibsga olindi, deya xabar berdi The Telegraph.
Shuningdek, uning uyidan sun'iy narkotik moddasini tayyorlash uchun zarur bo‘lgan 200 kg kimyoviy moddalar hamda qo‘lbola laboratoriya mavjudligi aniqlangan.

Guansi provinsiyasida yashovchi 35 yoshli Lu 2015 yil mart oyidan buyon kuzatuv ostida bo‘lgan.

Qo‘lga olingan shaxs 2012 yilga qadar maktabda o‘qituvchilik qilgan. Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Lu giyohvand moddalarga ruju qo‘ygani sababli ushbu jinoiy faoliyatini boshlagan.
Xabar qilinishicha, ayni paytda Xitoy sun'iy giyohvand moddalar ishlab chiqarish va eksport qilish bo‘yicha dunyodagi yetakchi mamlakat hisoblanadi.

Top