18:52 / 12.10.2015
3750

Turkiya samolyotlari 17 kurd jangarisini yo‘q qildi

Turkiyaning Xakkari viloyatida mamlakat harbiy havo kuchlari tomonidan man qilingan Kurdiston ishchi partiyasining 17 nafar jangarisi yo‘q qilindi. Bu haqda Turkiya bosh shtabi xabar qildi.
Turkiyadagi vaziyat 20 iyul kuni IShID tomonidan Suriya bilan chegarada amalga oshirilgan terakt hamda mamlakat ichkarisida politsiyachilarning o‘ldirilishi munosabati bilan keskinlashdi. Oxirgi 2.5 oy mobaynida kurd jangarilari uyushtirgan hujumlar oqibatida 130 politsiyachi va harbiylar halok bo‘ldi. 24 iyuldan buyon Turkiya qiruvchilari Iroq shimoliga hujumlar uyushtirmoqda.

Top