Ukraina hukumati joriy yilda xavfsizlik masalalariga 4.2 mlrd dollar ajratdi. Bu haqda bosh vazir Arseniy Yatsenyuk aytib o‘tdi.
Bundan tashqari, “Ukroboronprom” korxonasi qo‘shinlarga 4 ming turdagi yangi modernlashtirilgan qurol-yarog‘ va harbiy texnika birligi yetkazib berdi. Bu o‘tgan yilgidan 36 barobarga ko‘proqdir.
13 ming qurol-yarog‘ va texnika birligi ta'mirdan chiqarilib, qo‘shinlarga yetkazib berildi.