15:21 / 12.10.2015
4701

Zidan: Ronaldu hatto, mashg‘ulotlarda ham gol urgisi kelaveradi

Madridning "Real" klubi zaxira murabbiyi Zayniddin Zidan jamoaning portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu borasida gapirib o‘tdi. Bu haqida Le Figaro nashri xabar tarqatdi.

"Ronaldu har bir mavsumda 50-55ta gol urmoqda va uni qanday qilib odam deyish mumkin? Uni shug‘ullanayotgan vaqtida bir ko‘ring?! Hatto, mashg‘ulotlarda ham gol urgisi kelaveradi.

Rasmiy o‘yinlarda gol ursa quvonib nishonlaydi. U gol urishdan to‘xtamaydi. Chunki, KriRo ishlashda davom etadi va Messi bilan raqobat qilaveradi.

Uning bu qadar to‘purarligi, boshqalardan bitta gol bo‘lsa ham ko‘proq urish niyati bilan bog‘liqdir", - deydi Zidan.

Eslatib o‘tamiz, oktabr oyi avvalida Ronaldu "Real" tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylangandi. U shu vaqtgacha jamoasi safidagi 308 o‘yinda 324ta gol urdi.

Joriy mavsumda Ronaldu "Real" bilan 9ta o‘yin o‘tkazdi va 10ta gol urdi.

Top