20:19 / 13.10.2015
13682

2015 yilning avgust-sentabr oylarida Toshkentdagi kvartiralarga narxlarning o‘zgarishi dinamikasi

Toshkent shahri bo‘yicha joriy yilning kuz mavsumi boshiga kvartiralar uchun o‘rtacha narxlar dinamikasi kvartiralarning konstruksiyasi, joylashgan o‘rniga qarab biroz pasayish namoyish qilishda davom etmoqda. Uylarning konstruksiyasi bo‘yicha o‘rtacha narxlar dinamikasi -1 foizni namoyon qildi va panel turidagi kvartiralarning bir kvadrat metri 690 dollar, g‘isht turidagilarniki 765 dollarni tashkil qildi. Sentyabr oyida barcha turdagi kvartiralar uchun o‘rtacha taklif narxi 723 dollarni tashkil qildi.

Xonasining soniga bog‘liq ravishda ikkilamchi bozorda kvartiralar narxi ham pasayishni namoyon qildi. Eng katta miqdordagi pasayish 1 xonali kvartiralar segmentida qayd qilindi va -3 foizni yoki kvadrat metriga 19 dollar kamroqni tashkil qildi. 2 va 3 xonali kvartiralar segmentida pasayish -1 foizni tashkil qildi. 4 xonali kvartiralar segmentida narxlar deyarli o‘zgarishsiz qoldi.

Xonalar soniga ko‘ra 1 kvadrat metr turar joy maydonining o‘rtacha narxi (dollar/kv. m)

2015, avgust 2015, sentabr O‘zgarish (%)
1 xonali 740 721 -3
2 xonali 713 709 -1
3 xonali 744 737 -1
4 xonali 730 733 0
Ko‘p xonali 718 716 0

Panel tipidagi kvartiralar segmentida 1, 2 va 3 xonali kvartiralar segmentida pasayish kuzatilmoqda. Bunda eng katta miqdordagi pasayish 2 xonali kvartiralar segmentida qayd qilindi hamda -2 foizni yoki kvadrat metriga 14 dollar arzonroqni tashkil qildi. Qolgan segmentlarga nisbatan, ko‘p xonali kvartiralar segmenti 1 foizlik o‘sishni qayd qildi (+1) va kvadrat metri 10 dollarga qimmatroqni tashkil qildi.

Panel/monolit tipidagi kvartiralarning o‘rtacha narxi (dollar/kv. m)

2015, avgust 2015, sentabr O‘zgarish (%)
1 xonali 712 705 -1
2 xonali 680 666 -2
3 xonali 707 703 -1
4 xonali 705 705 0
Ko‘p xonali 676 686 1

G‘ishtli uylar segmentida narxlar quyidagicha ko‘rinish oldi.

G‘isht tipidagi kvartiralarning o‘rtacha narxi (dollar/kv. m)
2015, avgust 2015, sentabr O‘zgarish (%)
1 xonali 761 738 -3
2 xonali 760 764 1
3 xonali 785 775 -1
4 xonali 795 793 0
Ko‘p xonali 792 782 -1

Yaqin oylarda Toshkentda qisqa muddatli istiqbolda hududlar, tumanlar kesimi va kvartiralar segmenti bo‘yicha uy-joy ko‘chmas mulkiga narxlarning oz miqdorda o‘zgarishi taxmin qilinmoqda. Prognozlarga ko‘ra, narxlar dinamikasi 1-2 foizga kamayishni namoyon qiladi va bu asosan ko‘chmas mulk bozori ishtirokchilarining faolligi pasayishi bilan shartlanadi.

Top