09:39 / 13.10.2015
7519

AQShlik fermer 893 kg og‘irlikdagi ulkan qovoq yetishtirib, 12 ming dollar yutib oldi

AQShda har yili o‘tkaziladigan tanlovda eng yirik qovoq aniqlandi. Bu tanlovda Oregon shtatidan kelgan fermer g‘olib bo‘ldi, u yetishtirgan mahsulot vazni 893,1 kg tosh bosdi va unga 12 ming dollar miqdoridagi mukofot berildi.

Bu yilgi tanlov ishtirokchilari o‘tgan yili Shveytsariyada o‘rnatilgan rekordni yangilay olishmadi. Shveytsariyaliklar ming kilogrammdan ortiq og‘irlikdagi qovoq yetishtirishgandi.

AQShda Xellouin bayrami arafasida o‘tkazilgan bu tanlovda eng og‘ir qovoqdan tashqari, eng chiroyli qovoqlar ham aniqlangan. Bunda qovoqning rangi, hajmi va shakliga e'tibor qaratilgan.

Top