08:54 / 13.10.2015
3421

Di Kaprio va Paramount studiyasi Volkswagen avtokonsernidagi mojarolar haqidagi kitobni ekranlashtiradi

Paramount kinokompaniyasi va aktyor Leonardo Di Kaprioga tegishli Appian Way studiyasi hamkorlikda yozuvchi Dek Evingning Volkswagen avtokonsernidagi mojarolarga bag‘ishlanadigan asarini ekranlashtirish huquqiga ega bo‘ldi.

The Hollywood Reporter nashrida xabar qilinishicha, Evingning ushbu asari dunyo tarixidagi eng yirik avtokonsernning tarixi va bugungi kuni haqida hikoya qiladi.

Ushbu kitobning ishchi nomi "Too Big To Fail" ("Xato qilish uchun juda katta") deya nomlangan.

Top