12:23 / 13.10.2015
59530

GM Uzbekistan avtomobillarining salondagi narxlari (2015 yil, 12 oktabr)

Carzone.Uz nashrida 2015 yilning 12 oktabr kuni holatiga ko‘ra GM Uzbekistan avtomobillari narxlari e'lon qilindi.

Ushbu narxlar milliy avtoulovlar sotuvi bilan shug‘ullanuvchi DRIVER’S VILLAGE avtosalonidan olingan.

 

"Umuman olganda, poytaxtimiz va barcha viloyatlardagi avtosalonlarda ham narx bir xil. Lekin tanlov borasida, ya'ni xohlagan avtomobil rusumingizni xarid qilishga kelganda farqlari bo‘lishi, ba'zi avtosalonlarda tanlov uchun avtorusumlar kamlik qilishi mumkin", deyiladi xabarda.

Avtomobillarning to‘liq prayslistini shu havola orqali yuklab olish mumkin.

"Shahar avtosalonlaridan avtomobillarni yuqorida ko‘rsatilgan narx va muddat bilan olishingizga «Carzone.Uz» sayti kafolat bermaydi. Narxlar va mashinalarni olish muddati talab va valyuta kursi qiymatiga qarab o‘zgarishi mumkin", deya qo‘shimcha qilinadi xabarda.

Top