22:10 / 13.10.2015
7596

KUN.UZ dayjesti: 13 oktabr, Dunyo xabarlari

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 13 oktabr kuni jahonda ro‘y bergan eng asosiy yangiliklarni takroran havola etamiz.

Misr sudi Husni Muborakning o‘g‘illarini ozod etish qarorini chiqardi>>

Misr sudi mamlakatning sobiq prezidenti Husni Muborakning o‘g‘illarini ozod etish qarorini chiqardi. Bu haqda The Daily Mail nashri ma'lum qildi.

Yevropa Ittifoqi Aleksandr Lukashenkodan 4 oyga sanksiyalarni oldi>>

Yevropa Ittifoqi Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoga nisbatan kiritilgan sanksiyalarni 4 oyga bekor qilishga qaror qildi. Bu haqda TASS axborot agentligi ma'lum qildi.

Tramp: Janubiy Koreya uni himoya qilayotgan AQShga ko‘proq pul to‘lashi kerak>>

Respublikachilar partiyasidan AQSh prezidentligiga nomzod milliarder Donald Tramp Janubiy Koreya AQShga uni himoya qilayotgani uchun ko‘proq pul to‘lashi kerak, deb hisoblamoqda. Bunday bayonotni Tramp Nyu-Hempshir shtatida saylovchilar bilan uchrashuv chog‘ida e'lon qildi, deya xabar berdi Ryonhap agentligi.

Qozog‘istonda yangi avtomobillar narxi 2 ming dollarga arzonlashi mumkin>>

Qozog‘iston investitsiyalar va rivojlanish vazirligi yangi avtomobillar narxini tushirishga xizmat qiladigan yangi qonun loyihasi muhokamadan o‘tayotganini ma'lum qildi. Ekspertlarning va'da qilishicha, qozog‘istonliklar mashina xaridida 2 ming dollar tejab qolishi mumkin.

Apple Rossiyada “Yabloko” tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazmoqchi>>

Apple kompaniyasi Rospatent tashkilotiga murojaat qilib, “Yabloko” tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazmoqchi ekanligini ma'lum qildi. “Yabloko” partiyasi Sergey Mitroxin bu tashabbusga qarshi chiqmadi.

Vals: IShID safida jang qilgan 130 nafar Fransiya fuqarosi yo‘q qilindi>>

Fransiya o‘z xavfsizligiga tahdid tug‘dirib, bevosita mamlakat hududida teraktlarni sodir etishni rejalashtirayotgan IShID terroristik guruhiga qarshi kurash olib bormoqda. Yaqin Sharq mamlakatlari bo‘ylab safarga otlangan Fransiya bosh vaziri Manyuel Vals shunday bayonot bilan chiqdi.

Makkeynning qizi Putinni jahon sahnasidagi yetakchi shaxs deb hisoblaydi>>

Rossiyaning ashaddiy tanqidchisi bo‘lgan amerikalik senator Jon Makkeynning qizi Megan Rossiya yetakchisi Vladimir Putinni jahon siyosatining eng nufuzli qiyofasi deb hisoblashini aytdi. Shuningdek, u Barak Obamaning yetakchilik qobiliyatlarini shubha ostiga oldi.

Vladivostokda O‘zbekistonning 7 nafar fuqarosi yonayotgan mashinadan sakrab tushishga ulgurishdi>>

12 oktabr kuni Rossiyaning Vladivostok shahrida sodir bo‘lgan YTHda Daihatsu Pyzar rusumli mashina o‘t olgan

Tunisga IShID safidan tunislik jangarilar qaytib kelishmoqda>>

Tunis va Jazoir chegarasida jangarilar tunislik harbiylarga hujum qilib, ulardan 2 nafarini o‘ldirishdi va 4 nafarini qattiq jarohatlashdi.

Pokistonda tuproq o‘pirilishidan bir oilaning 13 a'zosi vafot etdi>>

13 oktabrga o‘tar kechasi Pokiston janubidagi Karachi shahrida tuproq o‘pirilishi oqibatida 13 kishi hayotdan ko‘z yumdi, deya xabar berdi Sinxua agentligi.

Qozog‘istonlik firibgar ayol valyuta almashtirish shoxobchalari egalaridan 900 ming dollarni aldov orqali o‘zlashtirdi>>

Ostona shahrida valyuta almashtirish shoxobchasi xo‘jayinlaridan 900 ming dollarga yaqin pulni aldov yo‘li bilan o‘zlashtirgan qozog‘istonlik 30 yoshli ayol firibgarlikda aybdor deb topilib, 6 yil 8 oy muddatga qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda KazTAG 12 oktabr kuni xabar berdi.

Qozog‘iston va BAA o‘rtasidagi vizalar butunlay bekor qilinadi>>

Qozog‘iston va BAA TIVlari ikki tomonlama vizalarni butunlay tugallash to‘g‘risidagi muzokaralarni boshlash haqida kelishuvga erishdilar. Bu haqda Qozog‘iston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Suriyada o‘zini portlatib yuborgan o‘zbek bola Qirg‘iziston fuqarosi bo‘lib chiqdi>>

IShID guruhi tomonidan tarqatilgan videolavhada safdoshlari bilan xayrlashib, zirhli transportyorda o‘zini portlatib yuborgani qayd qilingan Ja'far at-Tayyor ismli yigit qirg‘izistonlik o‘zbek ekanligi aniqlandi.

Niderlandiyada Ukraina osmonida urib tushirilgan Boeing bo‘yicha hisobot e'lon qilindi>>

Malayziyaning Ukraina ustida urib tushirilgan Boeing-777 samolyoti halokatini taftish qilgan xalqaro ekspertlar guruhining aniqlashicha, samolyot 2014 yilning 17 iyul kuni “Buk” zenit-raketa kompleksi raketasi bilan urib tushirilgan.

Lavrov: AQSh Rossiya bilan aloqaga kirishishdan qochmoqda>>

Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov AQSh terrorchilarga qarshi kurashda muvofiqlashtirishni kuchaytirish masalasida Rossiya bilan aloqaga kirishishdan qochayotganini ma'lum qildi, deya xabar berdi TASS.

“Qozog‘iston” brendi 11 mlrdga qimmatlashdi>>

2015 yilda “Qozog‘iston” brendi 6 foizga qimmatlashib, 164 dan 175 mlrd dollargacha ko‘tarildi. Mazkur ma'lumot Brand Finance kompaniyasi tomonidan tuzilgan mamlakatlar brendlari reytingida namoyon bo‘ldi, deya xabar qildi Nur.kz.

Krishtianu Ronaldu to‘rtinchi marotaba "Oltin butsa" sohibiga aylandi>>

"Real" jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘tgan mavsumda urgan gollari uchun "Oltin butsa" sovrinini qo‘lga kiritdi. Unga bu mukofotni topshirish marosimi Madrid shahrida o‘tkazilgan.

KXDR Koreya Mehnat partiyasining 70 yilligini nishonladi>>

10 oktabr kuni Shimoliy Koreyada Koreya Mehnat partiyasi tashkil topganiga 70 yil to‘lishi munosabati bilan bir qator davlat tadbirlari tashkil etilgan edi. Jumladan, Shimoliy Koreya poytaxti Pxenyan shahridagi Kim Ir Sen maydonida shu munosabat bilan harbiy parad bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, harbiy paraddan so‘ng delfinlar ishtirokida shouni namoyish etilgan edi.

Xalqaro Islom universitetlari federatsiyasi ilk onlayn masofali Islom universitetini ochishmoqchi>>

Dunyodagi Xalqaro Islom universitetlari federatsiyasi birinchi onlayn masofali Islom universiteti ochishni rejalashtiryapti. Ushbu loyiha Islom hamkorlik tashkilotiga a'zo ellikdan ortiq mamlakatdagi Islom universitetlarini birlashtiradi.

Iroq Bag‘doddagi markaz ma'lumotlaridan foydalanib, IShIDga aviazarbalar berishni boshladi>>

Iroq harbiylari IShID pozitsiyalariga birinchi aviazarbani berishdiReuters agentligining ma'lum qilishicha, bu hujumda birinchi marta Bag‘dodda Rossiya, Suriya va Eron tomonidan tuzilgan shtab ma'lumotlaridan foydalanilgan.

Top