21:38 / 13.10.2015
9774

KUN.UZ dayjesti: 13 oktabr, O‘zbekiston xabarlari

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga yurtimizga oid bo‘lgan, 13 oktabr kuni ro‘y bergan eng asosiy yangiliklarni takroran havola etamiz.

O‘zbekiston va Turkmaniston Afg‘oniston bilan chegaralarini qo‘riqlashda hamkorlikni kuchaytirishga kelishib oldi>>

Turkman OAVlari Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedovning 7-8 oktabrdagi O‘zbekistonga rasmiy tashrifi natijalariga ko‘ra ikki davlat o‘rtasida hamkorlik haqida 10 ta kelishuv imzolanganini ma'lum qildilar.

Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari: plastik orqali to‘lovlarda narx ustidan foiz olish mumkin emas>>

To‘lov bank plastik kartalari orqali amalga oshirilganida xarid qilinayotgan mahsulotning ustiga foiz qo‘yib, qimmatroq narx talab qilish qonunlarning jiddiy buzilishi hisoblanadi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Abdusalom Yuldashev ma'lumot berdi.

O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasida narkotrafikka qarshi kurash markazi ochiladi>>

O‘zbek-qirg‘iz chegarasi uchastkasida giyohvand moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi qarshi kurashish uchun hamkorlikdagi chegara idorasi ochiladi, deya xabar qildi RIA “Novosti” mazkur loyihani amalga oshirgan BMTning narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi (UNODC)ning Toshkentdagi byurosi ma'lumotiga asoslangan holda.

Xotin-qizlar qo‘mitasi: Love Story pulni havoga sochishdir>>

O‘zbekiston Milliy universiteti Xotin-qizlar qo‘mitasi rahbari, dotsent La'lixon Muhammadjonova har beshta to‘yning birida Love Story namoyish etilayotganidan taajjubda ekanligini ma'lum qildi.

GM Uzbekistan avtomobillarining salondagi narxlari (2015 yil, 12 oktabr)>>

Carzone.Uz nashrida 2015 yilning 12 oktabr kuni holatiga ko‘ra GM Uzbekistan avtomobillari narxlari e'lon qilindi.

OAV: uvol tushunchasi bora-bora ertakka aylanib qolishi mumkin>>

“Oila davrasida” gazetasi sahifalaridan to‘y-ma'rakalardagi isrofgarchilik hamda “uvol” tushunchasining unutilib borayotgani masalasiga bag‘ishlangan material e'lon qilindi.

"O‘zbekenergo" tomonidan iste'molchilarga 35,1 mlrd kVt/soat hajmda elektr energiyasi yetkazib berildi>>

Unga ko‘ra, 2015 yilning 9 oyi ichida tovar mahsuloti ishlab chiqarish hajmi soha bo‘yicha 100,2 foizni tashkil qildi. Iste'molchilarga 35,1 mlrd. kVt•soat hajmda elektr energiyasi yetkazib berildi hamda issiqlik energiyasi 5,8 mln. Gkal hajmda uzatildi.

GM Uzbekistan 2016 yildan Spark, Captiva va Malibu markalari o‘rniga yangi avtomobillar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi>>

GM Uzbekistan 2016 yildan boshlab Spark, Captiva va Malibu markalari o‘rniga yangi avtomobillar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda gm-uzbekistan.com internet nashri xabar tarqatmoqda.

Andijonlik kishi ariq tozalayotganida avtomat topib oldi>>

Andijon shahrida yashovchi Murodjon Xoldorov "Jahon bozori" savdo majmuasi yaqinida ariq tozalayotgan vaqtida Kalashnikov avtomatini topib olgan va uni huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga topshirgan. Bu haqda 12news.uz nashri muxbiri o‘z manbasiga asoslanib xabar bergan.

O‘zbekistonda yo‘l harakati qoidalari buzlishi to‘g‘risidagi ishlarning ko‘rib chiqilish tartibi o‘zgartirildi>>

O‘zbekistonda yo‘l harakati qoidalari buzlishi to‘g‘risidagi ishlarning ko‘rib chiqilish tartibi o‘zgartirildi. Bu haqda Sputnik agentligi yozmoqda.

2016 yildan O‘zbekistonda tadbirkorlarga 16 turdagi davlat xizmatlari ko‘rsatiladi>>

2016 yil 1 yanvaridan O‘zbekistonda tadbirkorlarga hokimiyatlar qoshidagi “Yagona oina” orqali 16 turdagi davlat xizmatlari ko‘rsatiladi. Bu holat mamlakat rahbari 2015 yil 20 sentabrida tasdiqlagan qaror matnida ko‘rsatildi.

O‘zbekistonda bir qator infeksion kasalliklarga chalinish kamaydi>>

12 oktabr kuni O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan “Aholining sanitar-epidemiologik farovonligini ta'minlashning qonuniy tizimi, to‘plangan tajriba va ustuvor vazifalar” mavzuidagi matbuot anjumani tashkil etildi. Unda vazirliklar, idoralar respublika sanitariya-epidemiologiya xizmati vakillari ishtirok etdi.

O‘zbekistonda konlar ochilishi uchun to‘lanadigan mukofot puli to‘lash tartibiga o‘zgartishlar kiritildi>>

O‘zbekiston hukumatining qarori bilan konlar ochilishi uchun to‘lanadigan mukofot puli to‘lash tartibiga o‘zgartishlar kiritildi. Bu haqda Norma.uz sayti yozmoqda.

Islom Karimov Aleksandr Lukashenkoni prezidentlik saylovlaridagi g‘alabasi bilan tabrikladi>>

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenkoni prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozongani va prezident lavozimiga qayta saylangani bilan tabrikladi, deb xabar bermoqda Belarus prezidenti matbuot xizmati.

UZONLINE: 31 oktabrgacha internet sifati yomonlashishi mumkin>>

UZONLINE saytida abonentlarga noyabrga qadar internet sifati yomonlashishi mumkinligi xabar qilindi.

Dekabr oyida Chorvoq GESini modernizatsiya qilish ishlari yakunlanadi>>

Rossiyaning «Silovyye mashiny» kompaniyasi 2015 yilning dekabr oyida Toshkent viloyati hududida joylashgan Chorvoq GESini modernizatsiya qilish ishlarini yakunlaydi. Mazkur inshoot modernizatsiyasi uchun va «O‘zbekenergo», kompaniyasi materiallaridan foydalanilga holda umumiy hisobda 56,5 million AQSh dollar miqdorida mablag‘ sarflanadi, deb yozadi Sputnik nashri.

"Qamchiq" dovonidan o‘tuvchi transport vositalarini kompleks sug‘urta qilish xizmati ishlab chiqildi>>

"Qamchiq" dovonidan o‘tuvchi transport vositalarini kompleks sug‘urta qilish xizmati ishlab chiqildi. Yangi sug‘urta xizmat turi “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJ tomonidan ishlab chiqilgan.

O‘zbekistonda Janubiy Koreyada tahsil olish uchun pediatrlar o‘rtasida tanlov e'lon qilindi>>

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirligi “Ko‘p ixtisosli bolalar tibbiy markazini yaratish” loyihasi doirasida ushbu markazda ishga joylashadigan mutaxassislarning Koreya Respublikasida tahsil olishi ko‘zda tutilganini ma'lum qildi.

Mitsubishi O‘zbekiston bozoriga kirmaslikka qaror qildi>>

2014 yil iyulida O‘zbekiston va Yaponiya kompaniyalari o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan edi. Ammo Yaponiya avtomobilsoz korporatsiyasining uning amalga oshirilishidan foyda ko‘rishiga ko‘zi yetmadi.

Top