09:39 / 13.10.2015
6867

Makkeynning qizi Putinni jahon sahnasidagi yetakchi shaxs deb hisoblaydi

Rossiyaning ashaddiy tanqidchisi bo‘lgan amerikalik senator Jon Makkeynning qizi Megan Rossiya yetakchisi Vladimir Putinni jahon siyosatining eng nufuzli qiyofasi deb hisoblashini aytdi. Shuningdek, u Barak Obamaning yetakchilik qobiliyatlarini shubha ostiga oldi.

“Ayni paytda Putin jahon sahnasida yetakchi shaxsdir. Prezident Obama bilan qiyoslaganda hatto Jimmi Karter ham Napoleon Bonapartga o‘xshaydi”, - dedi Megan Makkeyn Fix News telekanalining The Five ko‘rsatuvi efirida.

“Putin harakat qilmoqda, AQSh esa bu harakatlarga javob bermoqda”, - qo‘shimcha qildiu.

Top