11:10 / 13.10.2015
3529

O‘zbekiston delegatsiyasi MDH Tashqi ishlar vazirlari Kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etadi

15 oktabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Tashqi ishlar vazirlari Kengashining Ostona shahridagi navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Unda O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etadi, deb xabar berdi TIV axborot xizmati.

MDH ishtirokchi davlatlari tashqi siyosat idoralari boshliqlari Hamdo‘stlik doirasidagi hamkorlik istiqbollari, Davlat rahbarlari Kengashining bo‘lajak yig‘ilishiga tayyorgarlik jarayonini muhokama qilishlari hamda xalqaro va mintaqaviy kun tartibning ba'zi masalalari yuzasidan fikr almashishlari kutilmoqda.

Top