21:52 / 13.10.2015
4893

O‘zbekiston joriy yilda elektr energiya yetkazib berish bo‘yicha Afg‘oniston bilan yangi shartnoma tuzadi

O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida 2016 yilda elektr energiya yetkazib berish bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda, deb xabar berdi “O‘zbekenergo” kompaniyasi vakili Uzbekistan Today nashriga.

Vakilning aytishicha, yaqinda Toshkentga Afg‘oniston delegatsiyasi tashrif buyurdi va o‘zbekistonlik hamkasblari bilan keyingi yil uchun elektr energiya yetkazib berishning yangi shartlarini muhokama qildi.

Tomonlar yangi kelishuvning bir qator bandlari bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishdilar. Toshkentdagi uchrashuv yaqin orada yangi shartnoma imzolash uchun detallarni aniqlashtirib olishga imkon berdi.

Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, Afg‘onistonda har yili elektr energiyaga ehtiyoj 10 foizga oshishi qayd qilinadi.

2007 yilning iyunida Toshkentda “O‘zbekenergo” DAK va Afg‘oniston energetika va suv zaxiralari vazirligi bilan muzokaralar bayonnomasi imzolangan bo‘lib, unda Afg‘onistonga elektr energiya yetkazilishi hajmi 300 mVt gacha oshirilishi ko‘zda tutilgan.

Top