08:05 / 13.10.2015
7813

O‘zbekiston va Turkmaniston Afg‘oniston bilan chegaralarini qo‘riqlashda hamkorlikni kuchaytirishga kelishib oldi

Turkman OAVlari Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedovning 7-8 oktabrdagi O‘zbekistonga rasmiy tashrifi natijalariga ko‘ra ikki davlat o‘rtasida hamkorlik haqida 10 ta kelishuv imzolanganini ma'lum qildilar.

“Yashlik” turkman telekanalining qayd etishicha, bu safardan qo‘lga kiritilgan asosiy yutuq mintaqaviy xavf va muammolarga qarshi kurashda birgalikdagi harakatlarni amalga oshirishga kelishib olingani bo‘ldi.    

“Afg‘oniston shimolidagi oxirgi voqealar (Qunduz shahridagi jangovor harakatlar) qo‘shni davlatlarni xavotirga solmasligi mumkin emas. Shuning uchun O‘zbekiston va Turkmanistonning mutassadi muassasalari Afg‘oniston bilan chegaralarni qo‘riqlash bo‘yicha birgalikdagi harakatlarni kuchaytiradilar”, deb aytdi safar chog‘ida O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov.   

Ikki davlat yetakchisi afg‘on muammosini tinchlik bilan hal qilish lozimligini ta'kidlab o‘tdi.

Top