01:33 / 13.10.2015
8413

Pentagon Suriya muxolifatiga o‘q-dorilardan iborat yukni yetkazib berganini tasdiqladi

AQShning harbiy-transport samolyotlari Suriyaga IShID bilan kurashayotgan muholifat uchun o‘q-dorilardan iborat yukning birinchi partiyasini parashyutlarda tashladi. Bu haqda Pentagonda TASS axborot agentligi muxbiriga ma'lum qilindi.

“Yetakchilari AQSh tomonidan tegishli tekshiruvdan o‘tgan va Suriya shimolida IShIDga qarshi kurashayotgan suriyalik guruhlarga o‘q-dorilardan iborat yuk yetkazib berildi. Yuk o‘qotar qurollar o‘q-dorilarga ega”, deb aytdi manba. 

Pentagonda yukni yetkazib berishda AQSh Qurolli kuchlari markaziy qo‘mondonligining S-17 harbiy-transport samolyotlari ishtirok etgani ta'kidlab o‘tildi. Barcha samolyotlar yuklarni tashlash hududlarini beshikast tark etgan.

Qayd etilishicha, yuk yetkazib berilishi IShIDga qarshi o‘tkazilayotgan  “Mustahkam qat'iyat” havo harbiy operatsiyasi davomida o‘tkazilgan. 

Top