15:57 / 13.10.2015
4966

"Qamchiq" dovonidan o‘tuvchi transport vositalarini kompleks sug‘urta qilish xizmati ishlab chiqildi

"Qamchiq" dovonidan o‘tuvchi transport vositalarini kompleks sug‘urta qilish xizmati ishlab chiqildi. Yangi sug‘urta xizmat turi “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJ tomonidan ishlab chiqilgan.

UzReport agentligi xabar qilishicha, mazkur yangi sug‘urta turi bo‘yicha sug‘urta obekti bo‘lib "Qamchiq" dovonidan o‘tuvchi transport vositalari, transport vositalarining haydovchilari va uchinchi shaxslarning salomatligi va hayoti hamda ularning mol-mulki bilan bog‘liq bo‘lgan mulkiy manfaatlari hisoblanadi.

Mazkur Sug‘urta polisini bir kundan bir yilgacha bo‘lgan muddatga harid qilish mumkin. Ya'ni «Qamchiq» dovonidan har kuni ham harakatlanmaymiz, shuning uchun ayrim holatlarda o‘tuvchi transport vositalari bir martalik yoki muddatli sug‘urta polislarini olishlari mumkin. Bunda sug‘urta mukofoti muddatiga munosib ravishda to‘lanadi.

Shuningdek, bu sug‘urta xizmati yo‘lovchi tashuvchi transport vositalari egalari uchun haydovchi va unda harakatlanuvchi yo‘lovchilarning sug‘urta hodisasi yuzaga kelganda hayotiga yoki sog‘lig‘iga yetkazilgan zararlar, Transport vositasiga sug‘urta hodisasi natijasida yetkazilgan zarar sug‘urta summasi doirasida zarar miqdoriga mutanosib ravishda to‘liq hamda haydovchi tomonidan uchinchi shaxslarga zarar yetkazilganda transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta summasidan ortiq yetkazgan zararlari mazkur sug‘urta turi va sug‘urta summasi doirasida qoplab berilishi singari afzalliklarga ega.

Bundan tashqari, yangi sug‘urta turini qaysi joyda sug‘urtalanganligidan qat'iy nazar sug‘urta hodisasi sodir bo‘lgan hududda joylashgan kompaniyaning bo‘linmalaridan sug‘urta to‘lovlarini olish imkoniyati mavjuddir.

Top