13:29 / 13.10.2015
3972

Qirg‘iziston yoqilg‘i va moylash materiallari monitoringi uchun Qozog‘iston chegarasida postlar o‘rnatdi

Qirg‘iziston Qozog‘iston bilan chegaradagi nazorat o‘tkazish punktlariga maxsus tekshiruv guruhlarini yo‘lladi. Ular mamlakat hududiga olib kirilayotgan yoqilg‘i-moylash materiallari monitoringini amalga oshiradi. Bu haqda iqtisodiyot vazirligi xabar bermoqda.
O‘tgan hafta Qirg‘iziston hukumati mamlakatning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga a'zo bo‘lishi bilan qo‘shni Qozog‘istondan noqonuniy neft mahsulotlarining olib kirilishi ko‘payganini ma'lum. Mana shu holatni nazoratga olish maqsadida hukumat choralar ko‘rmoqda.

Top