23:20 / 13.10.2015
4629

Rossiya BMT shafeligi ostida terrorizmga qarshi koalitsiya tashkil etishni taklif qilmoqda

Rossiya Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadagi terrorchilarga qarshi BMT shafeligi ostida koalitsiya tashkil etishni taklif qilmoqda, deb xabar bermoqda RIA «Novosti» Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning so‘zlariga tayanib.

“Albatta. Biz buni hoziroq tashkil etish kerak, deb hisoblaymiz”, - deb aytgan Lavrov shunday koalitsiya tashkil etish mumkinmi, degan savolga javoban.

Lavrov bu mavzu haqda BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida Rossiya vakili sifatida aytib o‘tgan.

Top