22:40 / 13.10.2015
9859

Tolibonlar mahalliy aholi halok bo‘lmasligi uchun Qunduzdan chiqib ketishdi

Afg‘onistondagi “Tolibon” harakati jangarilarining ma'lum qilishicha, ular mahalliy aholining halokatidan qochib, Qunduz markazini tashlab chiqishdi, deya xabar bermoqda Associated Press.

Ularning qayd etishicha, agar ular shaharda qoladigan bo‘lishcha, mahalliy aholi halok bo‘lishi va harbiy qurol-aslahalar to‘g‘ri yo‘nalishda ishlatilinmagan bo‘lardi.

Shu o‘rinda ular, agar zarur bo‘lsa, shaharni tag‘in qayta egallashlari mumkinligini aytib o‘tishgan.

Avvalroq Qunduz shahridagi “Chegara bilmas shifokorlar” xalqaro tashkilotining shifoxonasi aviazarbaga uchragan, buning oqibatida 19 kishi, jkmladan, 12 nafar tashkilot a'zosi, 7 nafar bemor halok bo‘lgandi.

Top