10:39 / 14.10.2015
11018

99,99 foizi havodan iborat eng yengil metall yaratildi

Boeing kompaniyasi dunyoda eng yengil metall yaratilganligini namoyish qiluvchi videoni tarqatdi. Metallga mikrolattis deya nom berishdi. U 99,99 foiz havodan iborat. Shunchalik yengilligidan uni qoqigulning pari ustiga qo‘ysa ham bo‘ladi! Yangi metallni samolyotsozlik, mashinasozlik va boshqa sohalarda qo‘llash mumkin.

Yangi metallning siri shundaki, uning ichida po‘kakka o‘xshash g‘ovak-g‘ovak teshiklar izchillik bilan xoch shaklida joylashgan. U o‘ta yengil bo‘lishi bilan birga yuqori bosimga bardoshlidir. Laboratoriya xodimining aytishicha, suyaklar ham shunday ko‘rinishda tuzilgan. Suyakning ustki qatlami qattiq, ichi esa serg‘ovak tuzilishga ega, shu sababli sinmasligi, bukilmasligi bilan birga yengil jins hisoblanadi.

Maktab darsligida tuxumni 25-qavatdan tashlab sindirmaslik haqida masala bor. Buning siri tuxumni pufakchali plenka bilan qavatma qavat o‘rab so‘ngra tashlashdadir. Mikrolattis ham shunday prinsipda effekt beradi.

Mikrolattisni yaratuvchilar aerokosmik sanoatda qo‘l kelishini aytishmoqda. Boeing kompaniyasi tez orada amaliyotga qo‘llash rejasini bildirdi. Yangi material samolyot vaznini ancha kamaytiradi va yonilg‘i sarfi tejaladi.

Top