16:26 / 14.10.2015
3064

Apple patent qoidalarini buzgani uchun 862 mln dollarlik jarimaga tortilishi mumkin

Apple korparatsiyasi Medisondagi Viskonsin universiteti patentidan noqonuniy foydalanishda aybdor deb topildi, deya xabar berdi Reuters.

Sud qaroriga binoan, Apple o‘zining A7, A8 va A8X chiplarida protsessorlar samaradorligini oshirish bo‘yicha universitet texnologiyasidan foydalangan. Ular iPhone 5s, 6, 6 Plus va iPad`ning bir qator modellarida qo‘llanilgan. Sud mazkur texnologiya Viskonsin bitiruvchilarining tadqiqot jamg‘armasi (WARF) tomonidan 1998 yildayoq patentlanganini tan oldi.

2015 yil sentabrda WARF vakillari Apple`ga nisbatan yana bir ayblov arizasini taqdim etgan bo‘lib, ular iPhone 6S, 6S Plus, va iPad Pro`da qo‘llanilgan A9 va A9X chiplarida o‘zlarining texnologiyalaridan foydalanilganini ma'lum qilishgan.
Sudya Uilyam Konlining so‘zlariga ko‘ra, kompensatsiya miqdori hozircha aniqlashtirilmagan, biroq yakuniy jarima 862,4 mln dollarga qadar yetishi mumkin.

Top