12:36 / 14.10.2015
3984

AQShda to‘g‘ridan-to‘g‘ri videotranslyatsiyalar ilovasi orqali mast holda mashina haydab ketayotgan qiz ushlandi

AQSh politsiyasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri videotranslyatsiyalar ilovasi orqali mast holda mashina haydab ketayotgan qiz ushladi. Associated Press agentligining ma'lum qilishicha, mast qiz o‘zining mashina haydashini smartfon orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya qilayotgan edi.
Voqea Florida shtatida sodir bo‘ldi. 23 yoshli Uitni Bill Periscope ilovasidan foydalanayotgan edi. Translyatsiyalardan birida tomoshabinlar uning mast holda mashina boshqarib ketayotganligini payqab qolishgan.

Qizning o‘zi ham mast ekanligini, qayerga ketayotganligini bilmasligini bot-bot takrorlagan.
Ayrim foydalanuvchilar qizga darhol to‘xtashni tavsiya qilishgan. Kimlardir esa politsiyaga qo‘ng‘iroq qilishgan.
Bill qo‘lga olinib, 500 dollar tovon evaziga ozodlikka chiqarildi.

Top