21:59 / 14.10.2015
4835

BMT va Afg‘oniston hukumati opium plantatsiyalarining kamaygani haqida ma'lumot berdi

Afg‘onistonda opium ko‘knorisi yetishtiriladigan plantatsiyalar deyarli 20 foizga qisqardi. Bunday kamayish oxirgi 6 yilda birinchi marta qayd etildi. Bundan BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi va Afg‘onistonning giyohvand moddalar bilan kurashish vazirligi bayonotidagi ma'lumotlar darak bermoqda

Bu ma'lumotlarga ko‘ra, ko‘knori yetishtiriladigan maydonlar 2015 yilda 183 ming gektarni tashkil qildi hamda 2014 yildagi 224 ming gektar maydonga nisbatan 19 foizga qisqardi.

Bayonotga ko‘ra, qo‘knori ekin maydonlarining qisqarishiga yomon ob-havo sharoitlari hamda davlatning giyohvandlikka qarshi targ‘ibotlari asosiy sabab bo‘lgan.

Top